Линклар

Afg‘oniston poytaxti Kobulda bir qator portlashlar sodir etildi. Afg‘onistonning Khaama Press axborot agentligining dushanba kuni xabar berishicha, bir nechta reaktiv snaryad hukumat binolari va prezident saroyi yaqinida portlagan.

Hozircha terrorchilar tomonidan otilgan snaryadlar portlashi oqibatida halok bo‘lganlar haqida ma’lumot berilmadi.

Kobuldagi portlashlardan bir soat oldin xudkush terrorchi o‘zini portlatgani oqibatida amerikalik olti harbiy halok bo‘ldi.

Khaama Press agentligining Afg‘onistondagi NATO kuchlari vakillariga tayanib xabar berishicha, xudkush bomba o‘rnatilgan avtomashinani koalitsiya kuchlarining Parvon viloyatidagi Bag‘rom avivabazasi yaqinidagi postda portalib yuborgan.

Oq Uy va Pentagon xalok bo‘lgan amerikalik harbiylarning oila a’zolariga ta’ziya bildirdi.

XS
SM
MD
LG