Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:23

Xodorkovskiy jamg‘armasining ishchilari uyida tintuv o‘tkazildi


Rossiya Tergov qo‘mitasi xodimlari Kremlning ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan Mixail Xodorkovskiy xayriya jamg‘armasi bir necha xodimining uyida tintuv o‘tkazdi.

Xodorkovskiy ochgan "Otkritaya Rossiya" jamg‘armasi 22 dekabr kuni tarqatgan bayonotida tintuvlar 2003 yilda Xodorkovskiyga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi bu ma’lumotlarni tasdiqladi.

Xayriya jamg‘armasi advokati Sergey Badamshin Twitter tarmog‘idagi sahifasida 7 ishchining uyida tintuv o‘tkazilgani haqida yozdi.

Shu oy boshida tergovchilar Xodorkovskiyni 1998 yilda Sibir merining o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblagan. Xodorkovskiy ayblovlarni rad etgan.

Rossiyaning sobiq moliyaviy magnati hisoblangan Mixail Xodorkovskiy iqtisodiy ayblovlar bilan 10 yil qamoq jazosini o‘tagan va 2013 yilda prezident Putin afvi bilan ozodlikka chiqarilgan.

Hozir u, asosan Londonda istiqomat qilmoqda va reydlarga munosabat bildirarkan, Twitter tarmog‘idagi sahifasida: "Putinning nima qilishi oldindan ma’lum bo‘lib qoldi. Hech bo‘lmasa, shu jihatda barqarorlik bor", deb yozdi.

XS
SM
MD
LG