Линклар

logo-print

Buyuk Britaniya hukumati Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatiga o‘z harbiylarini jo‘natdi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, viloyatning Sangin tumani kattagina qismi Toliblar nazoratiga o‘tgan.

21 dekabr kuni matbuotga so‘zlagan viloyat hokimi tumandagi hukumat binolarini politsiya hanuz himoya qilayotgani, ammo tuman markaziga olib kiruvchi yo‘llar Toliblar nazoratiga o‘tganini aytgan edi.

Londonda chop etiladigan Tayms gazetasining yozishicha, Buyuk Britaniyaning maxsus havo kuchlari 30 nafar malakali harbiysi va AQShning maxsus qo‘shinlarining 60 harbiysi Sangin tumanini himoya qilish uchun yo‘llangan.

Britaniya hukumati Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlarini o‘tgan yili tugatgan, ammo 450 harbiyni mahalliy harbiylarga mashg‘ulot o‘tkazish uchun qoldirgan.

​21dekabr kuni Afg‘oniston poytaxti Kobulda bir necha portlash sodir etildi. Afg‘onistonning Khaama Press axborot agentligi bergan xabarga ko‘ra, bir nechta reaktiv snaryad hukumat binolari va prezident saroyi yaqinida portlagan.

Kobuldagi portlashlardan bir soat oldin xudkush terrorchi o‘zini portlatgani oqibatida amerikalik olti harbiy halok bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG