Линклар

O‘zbekiston Tashqi migratsiya agentligi 2015 yil davomida 2 ming 194 fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natilganini ma’lum qildi.

Bu ishchilar O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi hamda Janubiy Koreyaning Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida 2012 yilning 13 dekabrida erishilgan memorandum asosida xorijda ish bilan ta’minlangan.

O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 406 o‘zbekistonlik Koreyaga takroriy ravishda ishga jo‘natilgan.

XS
SM
MD
LG