Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:27

Iroq qo‘shinlari "Islomiy davlat"ga qarshi Ramadida amaliyot boshladi


Iroq xavfsizlik kuchlari "Islomiy davlat" terror guruhi jangarilari nazorati ostida qolayotgan Ramadi sharhi markaziga hujum boshladi.

Terrorga qarshi kurash harbiy birlashmasi matbuot xizmati 22 dekabr kuni tarqatgan bayonotda hukumat qo‘shinlari Ramadidagi hokimiyatga tegishli binolarni qo‘lga olayotgani aytildi.

Matbuot kotibi Saboh al-No‘moniyga ko‘ra, Iroq harbiy havo kuchlari ham amaliyotda ishtirok etmoqda.

Anbar viloyati markazi bo‘lgan Ramadi shahri shu yilning may oyida "Islomiy davlat" terror guruhi qo‘liga o‘tgan edi. Iroq xavfsizlik xizmatlari shaharga kirib olgan jangarilar sonini 250 nafardan 300 nafargacha, deb taxmin qiladi.

XS
SM
MD
LG