Линклар

logo-print

Bosniya politsiyasi "Islomiy davlat"ga aloqadorlikda gumon qilingan 11 kishini hibsga oldi.

Gumon qilingan shaxslar Sarayevoda o‘tkazilgan reydlar asosida qo‘lga olindi. Shaharning noyabr oyida qurolli shaxslar tomonidan o‘qqa tutilgan harbiy qismiga yaqin hududlarda ham amaliyot o‘tkazildi. Noyabrdagi hujumlarda ikki harbiy o‘ldirilgan.

22 dekabr kuni tarqatilgan rasmiy bayonotda 13 manzildagi amaliyotlarda qo‘lga olingan shaxslar "Islomiy davlat"ni moliyaviy ta’minlash va jangari yollashda gumon qilinayotgani aytildi.

Reydlarda 110 harbiy ishtirok etdi.

Bosniya politsiyasi hozirga qadar 150 ga yaqin bosniyalik "Islomiy davlat" safiga qo‘shilish uchun mamlakatni tark etgani haqida ma’lumot borligini bildirgan.

XS
SM
MD
LG