Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:24

Toshkentda qora niqoblilar bosgan “Milliy taomlar” ustidan ish ochildi


Toshkent shahar prokuraturasi poytaxtdagi eng mashhur ovqatlanish shoxobchalaridan biri bo‘lgan “Milliy taomlar” restoranlar tarmog‘i ustidan jinoiy ish qo‘zg‘adi. Tarmoqqa qarashli to‘rtta restoran bir paytning o‘zida MXX, prokuratura, soliq, SES kabi tashkilot vakillaridan iborat maxsus guruh o‘tkazgan reyddan so‘ng yopib qo‘yildi.

Toshkentliklarning sevimli restoranlaridan biriga aylangan “Milliy taomlar” restoranlar tarmog‘igiga qarshi o‘ndan ziyod ayblov ilgari surilayapti.

Bu haqda Ozodlikka gapirgan Toshkent shahar hokimligining mas’ullaridan biriga ko‘ra, “Milliy taomlar” tarmog‘i bir qator moliyaviy jinoyatlarda ayblanayapti:

​“Ish qo‘zg‘atilib, shahar prokuraturasi tergov jarayonini olib borayapti. Daromadni soliqdan yashirish, kunlik tushum pullarini inkassatorga topshirmaslik kabi jami 15ga yaqin ayblov qo‘yilgan ularga qarshi”, dedi ismini ochiqlamaslikni so‘ragan hokimlik mas’uli.

Toshkent shahar sanitariya epidemiologiya stansiyasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, “Milliy taomlar” tarmog‘i restoranlarida sanitariya qoidalariga amal qilinmagani ham aniqlangan:

Ovqat tayyorlash jarayonida sanitariya qoidalariga amal qilinmagan. Idish-tovoqlarni yuvishda ham sanitariya qoidalari buzilgan”, dedi shahar sanitariya epidemiologiya stansiyasi mulozimi.

Taxminan ikki hafta oldin “Milliy taomlar” tarmog‘iga qarashli poytaxtning to‘rt burchagida joylashgan to‘rtta restoranida bir paytning o‘zida qora niqoblilar o‘tkazgan reyd natijasida restoranlar yopilgan edi.

“Tadbirda hamma organlardan vakillar bor edi. Shaharning to‘rtta joyida birdaniga o‘tkazilgan tadbir bo‘lgan. Tadbirdan so‘ng barcha shoxobchalar muhrlab, yopildi. Hammasining ish faoliyati to‘xtatildi”, dedi Toshkent shahar hokimligi mas’uli.

Toshkentlik mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanov Ozodlik iltimosiga ko‘ra, “Milliy taomlar” tarmog‘i restoranlari bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi:

- Poytaxtdagi "Milliy taomlar" tarmog‘i yopilishi bilan bog‘liq vaziyatlarni o‘sha yerda savdo qiluvchi tadbirkorlar bilan gaplashganimda, ularning aytishicha, bu tarmoq Mirabror Usmonovning odamlariga tegishli bo‘lib, ularning bittasi ishdan ketibdi. Shuning uchun tarmoqlar yopildi. SES, pojarniy, nalog idoralaridan kelib yopgani haqida aytishdi. Bu gaplarda qanchalik asos bor yoki yo‘qligiga izoh berish qiyin, -dedi Tashanov.

“Milliy taomlar” tarmog‘ining ilk oshxonasi poytaxtning Navoiy ko‘chasida, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi yaqinida ochilgan va shaharliklar orasida ommalashib ketgach, Toshkent sirki binosi ro‘parasida ham ochilgan. Keyinchalik "Farhod" bozorida va Yunusobod bozorida ham ikki qavatli binoda restoranlar ochilgan.

Toshkentlik Toshbekka ko‘ra, mazkur restoranlarda taomlar narxi boshqa ovqatlanish shoxobchalariga nisbatan qimmat bo‘lishiga qaramay, doimiy ravishda xo‘rrandalar navbati kuzatilgan:

- O‘zbek milliy taomlari ro‘yxatida nima ovqat bo‘lsa, barchasi shu oshxonalarda sotilardi. Halimdan tortib, osh deysizmi, norin deysizmi, jiz deysizmi, hattoki, tandir go‘shtlar ham ularda bor edi, - deydi toshkentlik Toshbek.

O‘zbekistonda qora niqoblilar reydidan so‘ng yopilgan o‘nlab ovqatlanish va savdo shoxobchalari haqida Ozodlik avval ham xabar qilgan.

Huquq-tartibot idoralari vakillari o‘tkazadigan qora niqoblilar reydlari keyingi besh yil ichida tez-tez kuzatilayapti.

XS
SM
MD
LG