Линклар

logo-print

Amnesti Interneyshnal guruhi Rossiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotlari oqibatida tinch aholi vakillaridan 200 kishi halok bo‘lgani, o‘ldirilgan janggarilar soni esa bundan oz ekani to‘g‘risida bayonot tarqatdi.

Tashkilotning yangi hisobotida Rossiya tomonidan Suriyaning Xoms, Idlib va Halab shaharlarida sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida o‘tkazilgan olti harbiy amaliyot haqida so‘z boradi. Hisobotda aytilishicha, birgina 15 oktyabrda Xoms shahrini bambardimon qilish paytida tinch aholi vakillaridan 46 kishi halok bo‘lgan.

Amnesti Interneyshnal Rossiya havo zarbalari tinch aholi yashaydigan punktlarga, jumladan, kasalxonalarga berilayotganini ma’lum qilgan. Hisobotda aytilishicha, Rossiya bombardimonlarda BMT tomonidan taqiqlangan kassetali bombalardan foydalanmoqda.

Moskva Suriyada tinch aholini bombardimon qilayotganini inkor etib kelmoqda. Rossiya shu yilning 30 sentyabridan “Islomiy davlat”ga qarshi kurashish iddaosi bilan Suriyadagi janglarga qo‘shilgan edi.

XS
SM
MD
LG