Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:46

O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni ko‘paytiriladi


O‘zbekiston va Eron aviaqatnovlarni haftasiga 16taga yetkazish borasida kelishib oldi. Bu haqda Eronning IRNA agentligiga tayangan holda o‘zbek mahalliy matbuoti bugun xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, bu boradagi memorandum O‘zbekiston delegatsiyasining Tehronga safari paytida ikki davlat aviashirkatlari rasmiylari tomonidan imzolangan

Hozirgi kunda Toshkentdan Tehronga haftasiga ikki marta parvoz qilinadi. Memorandumning imzolanishi ortidan Eronning Sheroz, Isfaxon, Mashhad shaharlariga, O‘zbekistonning Buxoro va Samarqand shaharlariga reyslar tashkil qilinishi rejalanmoqda.

XS
SM
MD
LG