Линклар

O‘zbekiston 2016 yilda Rossiya meva-cheva bozorining 8 foizini egallashi mumkin. Bu haqda Moskva nashrlariga tayangan holda Markaziy Osiyo yangiliklar xizmati xabar tarqatdi.

Seshanba kuni e’lon qilingan xabarda aytilishicha, Moskvada “UzAgroImport” shirkati o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur shirkat Rossiyaga O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlarini import qilish bilan shug‘ullanadi.

2016 yilda mazkur shirkat Rossiya bozoriga O‘zbekistondan 2 million tonna meva va sabzovot olib kirishni rejalashtirgan. Shirkat rasmiylarining bildirishicha, hozirgi kunda Rossiyaning turli mintaqalaridan O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlariga buyurtmalar kelib tushmoqda.

2014 yilgi ma’lumotlarga qaraganda, Rossiyada bir yilda 24 million 100 ming tonna meva va sabzavot sotiladi. “UzAgroImport” O‘zbekistondan import qiladigan 2 million tonna meva va sabzovot bu miqdorning 8 foizini tashkil qiladi.

XS
SM
MD
LG