Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:35

Iroqning Ramadi shahri markazi ID janggarilaridan ozod etildi


AQSh va Iroq rasmiylari Iroq hukumat kuchlari Ramadi shahri markazini “Islomiy davlat” guruhidan tozalagani va nazoratni o‘z qo‘liga kiritgani to‘g‘risida xabar berdi.

Terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha Iroq hukumat kuchlari rasmiysi Saboh al No‘moniy 22 dekabr kuni Ramadi markazidagi mahalliy hokimiyat binosini qo‘lga kiritish uchun janglar olib borayotganini ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra, Iroq qo‘shinlariga Qo‘shma Shtatlar yetakchiligidagi koalitsion kuchlar ko‘mak ko‘rsatmoqda.

Anbar viloyati markazi bo‘lgan Ramadi shahri poytaxt Bog‘dodan 100 kilometr g‘arbda joylashgan bo‘lib, joriy yilning may oyida “Islomiy davlat” guruhi tomonidan egallab olingan edi. Ramadini ozod qilish amaliyoti bir necha oy avval boshlangan. Iroq razvedkasi ma’lumotlariga qaraganda, Ramadida “Islomiy davlat”ning 250-300 janggarisi bor.

XS
SM
MD
LG