Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:02

AQSh Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritdi


AQSh Adliya vazirligi Ukraina sharqidagi vaziyatning keskinlashuviga aloqador ko‘rilgan Rossiyaning bir qator shirkatlari va fuqarolariga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etdi.

Vazirlik sanksiyalar joriy etilgan shirkatlar ro‘yxatiga, jumladan, VTB 24 banki, Sberbankning Ukraina va Shveytsariyadagi bo‘limlari, Rosoboroneksport, “Gals Development” shirkati, “Yandeks.Pul” to‘lov sistemasi kiritilgan. Ro‘yxatdan jami 34 shirkat va shaxs joy olgan.

AQShning xorij aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi sanksiyalar o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan tan olinmagan Lugansk xalq respublikasi rasmiysi Vladislav Deynego va Donetsk xalq respublikasi tashqi ishlar vaziri Aleksandr Kofman ham sanktsiyaga kiritilgan shaxslar ro‘yxatida ekanini bildirdi.

O‘tgan haftada Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar muddatini yana olti oyga uzaytirish haqida qaror chiqargan edi. Yangi sanksiyalar dushanba kunidan boshlab kuchga kirgan.

XS
SM
MD
LG