Линклар

logo-print

Joriy yilda Yevropa Ittifoqiga kelgan qochqinlar soni bir million kishidan ko‘proqni tashkil qildi. Qochqinlarning yana 3 600 nafari dengiz orqali Yevropaga o‘tayotganida halok bo‘lgan.

BMTning Qochiqnlar ishi bo‘yicha Oliy komissarligi va Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot 22 dekabr kuni e’lon qilgan ma’lumotda aytilishicha, Yevropa Ittifoqiga kelgan qochqinlarning 50 foizi suriyalik, 20 foizi afg‘onistonlik, 7 foizi iroqliklardir.

Yevropaga kelgan 1 million 5 ming 504 qochqinning 816 ming 752 nafari Gretsiyaga dengiz orqali o‘tgan.

BMTning Qochqinlar ishi bo‘yicha Oliy komissarligi 2016 yilda ham Yevropaga keladigan qochqinlar soni bir million kishidan kam bo‘lmasligini bildirmoqda.

XS
SM
MD
LG