Линклар

Qirg‘iziston janubidagi O‘sh shahriga qo‘shni Qashqarqishloq qishlog‘ida 22 dekabr oqshomida sodir bo‘lgan otishma o‘rganilayotgani to‘g‘risida O‘sh viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatiga bildirdi.

Jenish Ashirbayevga ko‘ra, kech soat 9 ga yaqin Qashqarqishloqda yashovchi 37 yashar Yunusjon Abdujalilovga noma’lum shaxslar o‘qotar quroldan bir necha o‘q uzgan, voqea joyidan 12 dona o‘q topilgan. O‘q yegan Yunusjon Abdujalilov kasalxonaga yetgandan so‘ng joni uzilgan. Marhumning tanasiga 9 ta o‘q tekkani aniqlangan.

Mahalliy militsiya voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borayotgani xabar qilindi.

XS
SM
MD
LG