Линклар

“Klubning ma’muriyat va futbolchilar oldida qarzi borligi haqidagi OAVda chiqqan ma’lumotlar noto‘g‘ri. Eslatib o‘tamiz, 2002 yildan hozirga qadar mavsum oxirigacha "Paxtakor" FK doim ma’muriyat, futbolchilar va murabbiylar shtabi oldidagi barcha moliyaviy majburiyatlarni bajarib kelgan”, deyiladi “Paxtakor” futbol klubi rasmiy saytida.

Klub shu tariqa mahalliy “matbuotda chiqqan ma’lumotlarga o‘zining rasmiy pozitsiyasini bayon qildi”.

Uff.uz Internet-nashri kuni kecha “Paxtakor” futbol klubi o‘yinchilardan qarzi borligi uchun oliy ligasini tark etishi mumkinligi to‘g‘risida xabar qilgan edi. Saytga ko‘ra, bu haqdagi bayonot Professional futbol ligasining yil yakunlariga bag‘ishlangan majlisida yangragan.

“Paxtakor”ning rasmiy saytida aytilishicha, klub va PFL o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, "Paxtakor" 2015 yilning 25 dekabriga qadar O‘zPFL oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajaradi.

“Klub va futbolchilar o‘rtasidagi barcha moliyaviy shartnomalar maxfiy ma’lumot hisoblanadi”, deyilgan “Paxtakor”ning rasmiy saytida.

XS
SM
MD
LG