Линклар

logo-print

Rossiyadagi YuKOS neft shirkatining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy Tergov qo‘mitasining uni qotillikda ayblab sirtdan hibsga olgani to‘g‘risidagi bayonotini sharhlar ekan, “Tergov qo‘mitasidagilar jinni bo‘lib qolibdi”, dedi.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Xodorkovskiy sirtdan hibsga olingani hamda xalqaro qidiruvga berilgani to‘g‘risidagi xabari qo‘mita rasmiy saytida chorshanba kuni e’lon qilindi.

Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, Mixail Xodorkovskiy 1998-99 yillari qo‘l ostidagi xodimlarga Nefteyugansk shahri meri Petuxov va tadbirkor Ribinni o‘ldirishni buyurgan.

11 dekabr kuni Tergov qo‘mitasi mazkur ish bo‘yicha Xodorkovskiyga ayblov e’lon qilgan edi.

YuKOS neft shirkatining sobiq rahbari bu ayblovni keskin inkor etib, tergov harakatlariga qatnashmasligi to‘g‘risida bayonot berdi.

Mixail Xodorkovskiy Rossiya sudi tomonidan iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib, o‘n yil qamoqda o‘tirib chiqqan.

U o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar siyosiy bo‘lgani va nohaq qamalganini aytgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2013 yilda, Sochida Qishki olimpiya o‘yinlari ochilishi arafasida Xodorkovskiyni avf etgan edi.

Ozodlikka chiqqach Xodorkovskiy avval Germaniya, keyin Shveytsariyadan boshpana topdi. Hozir u Londonda yashamoqda.

YuKOS sobiq rahbari Rossiyadagi siyosiy vaziyat va Putin siyosatini tanqid qilib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG