Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:42

Toshkent hokimi Kosmonavtlar xiyobonidagi chinorlarni kesishni buyurdi


Shu kunlarda Toshkent markazining O‘zbekiston va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishgan joydagi Kosmanavtlar xiyobonidagi chinorlar kesilmoqda. Ayni paytda Toshkent Arxitektura-qurilish instituti oldidagi chinorlarning bir nechasi ham tuman obodonlashtirish idorasi tomonidan kesib tashlangan.

Ozodlikning Toshkentdagi manbasi Kosmonavtlar xiyobonidagi chinorlardan qolgan to‘nkalar diametrining yarim metr atrofida ekanligi hamda ko‘chaning boshqa yuzidagi hozircha kesilmagan daraxtlar ko‘rinishidan kelib chiqib, kesilgan chinorlarning taxminan 40 – 60 yillik ekanligini taxmin qildi.

Toshkent shahar hokimiyatidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ Kosmonavtlar xiyobonidagi daraxtlarni kesish yuzasidan shahar hokimi maxsus farmoyish chiqargan:

- Kosmonavlar ko‘chasidagi chinorlarni kesishga shahar hokimi farmoyish bergan. O‘sha farmoyish asosida tuman obodonlashtirish idorasi chinorlarni kesish ishlari bilan band. Ya’ni bu ish qonuniy asosda qilinmoqda. Hujjatda yoshi katta daraxtlarni kesish buyurilgan¸ dedi Ozodlik manbasi.

Ozodlikning Toshkentdagi manbasi Arxitektura-qurilish institutidan to Ilhom teatrigacha bo‘lgan hiyobondagi chinorlar kesib tashlanayotganiga ko‘zi tushganligini bildirdi.

Bu ma’lumotni tasdiqlagan Toshkent shahar hokimiyatidagi Ozodlik manbasi Arxitektura-qurilish instuti oldidagi chinorlarni kesish haqida hokim farmoyishida bir narsa deyilmagan:

- Arxitekura instituti oldidagi chinorlarni kesishni noqonuniy boshlashgan. Biz bu noqonuniy holatga chek qo‘ydik. Shahar hokimiyati huzuridagi Tabiatni himoya qilish qo‘mitasi inspektorlari chiqib aybdorlarni jarimaga tortishdi. Tuman obodonchilik idorasi o‘zicha hech kimdan so‘ramasdan kesgan ekan daraxtlarni.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ shu kunlarda faqat shaharning bitta joyida ¸ ya’ni Kosmonavtlar xiyobonidagi daraxtlarni kesishgagina qonuniy asos bor.

Ayni paytda shaharning Qodiriy ko‘chasi va Sirg‘ali tumanida joylashgan yettinchi maktab yonidagi chinorlar kesilayotgani haqida ham Ozodlikka habarlar keldi.

Toshkent shahar hokimiyatidagi Ozodlik manbasi bu habarlarga ham izoh berdi:

- Obodonlashtirish rejasiga ko‘ra, dekabr oyida daraxtlar butaladi. Yoshini yashab bo‘lgan va ichi g‘ovak teraklar kesiladi. Bu holatni daraxt kesish deb ayta olmaymiz. Toshkentning prezident trassasi deb atalgan ko‘chalarida va siz aytgan Qodiriy ko‘chasida ham ana shunday butash ishlari olib borilmoqda¸ dedi Ozodlik manbasi.

Ayni paytda Ozodlik manbasi Toshkentning prezident trassasiga yondosh ko‘chalardagi baland daraxtlarning kesilishi xavfsizlik choralari doirasida ekanligini ham ta’kidladi.

Toshkentda va mamlakatning boshqa shaharlarida ko‘p yillik daraxtlarni kesish 2009 yili boshlangan, dastlab shahar markazidagi Amir Temur xiyobonidagi chinorlar kesilgan edi.

XS
SM
MD
LG