Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:30

O‘zbekiston aholisining 5,1 foizi ishsiz


Bu ma’lumotni Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga tayanib, mahalliy nashrlar e’lon qildi.

Keltirilgan raqam 2015 yilning to‘qqiz oylik yakunlariga asosan chiqarilgan.

Mehnat vazirligi rahbariyati fikricha, “Mehnat bozorida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida uning asosiy ko‘rsatkichlari, ya’ni ishchi kuchlarga bo‘lgan talab va taklif barqarorlashgan”

Aytilishicha, 2015 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, mamlakatda “18,2 million kishilik mehnat resursi mavjud, uning iqtisodiy faol qismi 13,7 million nafarni tashkil etdi. Ularning 13,1 millioni ish bilan band. Ishsizlar soni esa 698,3 ming kishidan iborat.

Chet mamlakatlarda ishlab yurgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari O‘zbekistonda, aftidan, ishsizlar qatoriga kiritilmaydi. Mahalliy nashrlar xabarlarida mana bunday deyilgan:

Ish o‘rinlariga ehtiyoj sezmayotgan iqtisodiy faol aholi soni esa qariyb 4,5 million kishini yoki mehnat resurslarining 25,3 foizini tashkil qiladi. Shunday qilib, O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 2015 yilning to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra 5,1 foizni tashkil etdi.
2015 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda 748,7 ming ishchi o‘rni barpo etildi.

XS
SM
MD
LG