Линклар

logo-print

Payshanba kuni Ukrainada mustaqil aksilkorrupsiyaviy harakat tuzilgani e’lon qilinadi. Bu haqda Odessa gubernatori Mixail Saakashvili 23 dekabr kuni Kievda o‘tgan Aksilkorrupsiyaviy forumdan so‘ng jurnalistlarga bildirdi.

“Biz Ukrainani yangilash jarayonini boshlamoqdamiz” degan Saakashvili yangi harakat “biror-bir siyosatchi yoki siyosiy partiya” qo‘l ostida tuzilmayotganini ta’kidladi.

“Bugun forumga minglab odam keldi. Biz (buning uchun) hech kimga pul berganimiz yo‘q. Ularni hech kim bu erga maxsus keltirmadi. Odamlarning bu qadar ko‘pligi ular yangilanishni talab qilayotganini anglatadi”, dedi Mixail Saakashvili.

XS
SM
MD
LG