Линклар

logo-print

Gruziyada Irakliy Garibashvili yetakchiligidagi hukumat iste’foga ketdi. Bu haqda bosh vazir Garibashvilining o‘zi 23 dekabr oqshomida Gruziya telekanallari orqali namoyish qilingan mamlakat aholisiga maxsus murojaatida bildirdi.

Ozodlik radiosi gurji xizmati muxbiri Georgiy Kobaladzening xabar qilishicha, yangi hukumat tuzilguniga qadar bosh vazir vazifasini Gruziya bosh vazirining birinchi muovini, tashqi ishlar vaziri Georgiy Kvirikashvili bajarib turadi.

Garibashvili hukumatining iste’fosi sabablari ochiqlanmayapti. Ayni paytda ko‘pchilik bu iste’foning o‘zi uchun kutilmagan hodisa bo‘lganini aytmoqda.

Gruziya konstitutsiyasiga ko‘ra, bosh vazir iste’foga chiqqan taqdirda amaldagi vazirlar mahkamasi vakolatlari bekor qilinadi va hukumat a’zolari vaqtincha o‘z vazifalarini ado etib turadilar.

Endilikda Gruziya prezidenti yetti kun ichida parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan ko‘rsatilgan bosh vazir nomzodini tasdiqlatish uchun deputatlarga taqdim etishi lozim.

XS
SM
MD
LG