Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:48

Rossiya rasmiylari IDga qarshi kurashda Tolibon bilan hamkorlik qilayotganlarini e’tirof etdilar


Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda “Islomiy davlat” guruhiga qarshi kurashda Tolibon harakati va Rossiya manfaatlari bir-biriga mos tushadi, degan qanoatda.

Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Qobulov Interfaks agentligiga bergan intervyusida bildirgan.

U Rossiya axborot almashish uchun toliblar bilan aloqa kanaliga egaligini aytgan.

Qobulov fikricha, bir paytlar Al-Qoida terror tashkiloti transmilliy maqsadlar uchun, xalifalik barpo etish uchun, global jihod uchun Tolibondan qanday foydalangan bo‘lsa, “Islomiy davlat” guruhi ham o‘zlaridan shunday foydalanmoqchi bo‘layotganini his qilgan toliblar bu guruhga qarshi kurash olib bormoqdalar.

“Toliblar buni sezib qoldilar, shuning uchun ular IShIDga qarshi ancha jiddiy zarbalarni berayaptilar. Afg‘onistonlik toliblar ham, pokistonlik toliblar ham Bag‘dodiyni xalifa deb bilmasliklarini, IShIDni tan olmasliklarini aytdilar. Bu juda muhimdir”, deya o‘z so‘zini izohladi Qobulov.

XS
SM
MD
LG