Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:41

Samarqandda O‘zbekiston prezidentining akasi vafot etdi


Toshkentdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, 24 dekabrga o‘tar kechasi Samarqandda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning akasi Ibodullo Karimov 91 yoshda olamdan o‘tgan. Ibodullo Karimov bugun Shohi Zinda oldidagi qabristonda dafn etilishi taxmin qilinmoqda.


Ozodlikda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining katta akasi Ibodullo Karimov o‘qituvchilik qilib o‘tgan. Ismi oshkor etilishini istamagan samarqandlik bir manbaning aytishicha, Islom Karimovning akasi Ibod Karimov bilan munosabati yaxshi bo‘lgan, ahyon-ahyon bo‘lsa-da, goh yashirin, goh oshkor oddiy o‘qituvchi bo‘lgan akasini ziyorat qilib turgan. Ammo Islom Karimov akasining janozasiga borish-bormasligi hozircha noma’lum.

Ibodullo Karimov O‘zbekiston prezidentining tirik hayotda bo‘lgan aka-ukalarining so‘nggisi edi.

Ozodlik manbalari O‘zbekiston prezidenti orasi uncha yaxshi bo‘lmagan yaqinlarining janozasiga ba’zan kelib, ba’zan kelmaganini qayd etadilar. Masalan, Islom Karimov otasi Abdug‘ani Karimov vafot etgan paytda janozaga kelmagani, onasi Sanobar Karimova olamdan o‘tganda qisqa muddatga kelib ketgani, boshqa bir akasi vafot etganda ham ta’ziya marosimida 10 daqiqa bo‘lgani aytiladi.

Bundan besh yil muqaddam O‘zbekiston prezidentining ukasi Xurshid Karimov vafot etganida ham Islom Karimov Samarqandga qisqa muddatga kelib ketgan. Xurshid Karimov ham akasi Ibodullo kabi 24 dekabr kuni qazo qilgan va Shohi Zinda yaqinidagi qabristonda dafn etilgandi.

XS
SM
MD
LG