Линклар

Rossiyalik sobiq magnat va Kremlning ashaddiy tanqidchisi Mixail Xodorkovskiy Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘rashi mumkinligini bildirdi. 23 dekabr kuni Rossiya rasmiylari Xodorkovskiy sirtdan hibsga olinganini bildirib, uni xalqaro qidiruvga e’lon qildi.

Moskva sudi uni hibsga olish orderini berishi ortidan Bi-Bi-Siga bergan intervyusida “Britaniyadan boshpana so‘rash masalasini ko‘rib chiqayotganim rost”, dedi Xodorkovskiy. Rossiya uni 1998 yilda Sibir mintaqasidagi Nefteyugansk shahri merining o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblamoqda.

O‘zining xalqaro qidiruvga berilishini izohlagan Xodorkovskiy Rossiya rasmiylari “jinni bo‘lib qopti”, deya munosabat bidirdi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “meni jiddiy tahdid” deb ko‘rishi “endi aniq ko‘rinib qoldi”, deya qo‘shmcha qildi Xodorkovksiy.

Kremlь 23 dekabr kuni Xodorkovskiyning xalqaro qidiruvga berilishiga aloqasi borligini inkor qildi.

Xodorkovskiy moliyaviy jinoyatlarda ayblanib 10 yil qamoq jazosini o‘tagan.
Putin 2013 yilda, Sochida Qishki olimpiya o‘yinlari ochilishi arafasida Xodorkovskiyni avf etgan edi.

XS
SM
MD
LG