Линклар

Iroq armiyasining shtabi boshlig‘i yordamchisi Usmon al-G‘animiy mamlakat g‘arbidagi Ramadi shahri yaqin kunlar ichida “Islomiy davlat” ekstremist guruhidan tortib olinishini aytmoqda.

Irqiya telekanali harbiy mulozimning “Yaqin kunlar ichida Ramadining to‘la ozod etilgani to‘g‘risidagi xushxabar e’lon qilinadi”, dega so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

Iroq qurolli kuchlari 22 dekabr kuni Ramadi marakazidagi IShID nazoratida qolayotgan so‘nggi hududiga hujum boshladi. Bag‘doddan 100 kilometr g‘arbroqda joylashgan asosan sunniylar istiqomat qiladigan Ramadi shu yilning may oyida “Islomiy davlat” tomonidan ishg‘ol etilgan edi.

Ramadi hukumat tarasarrufiga qaytadigan bo‘lsa, Iroqda “Islomiy davlat”dan tortib olingan ikkinchi yirik shahar bo‘ladi.

Hukumat IShIDga qarshi kurashda to‘la o‘z kuchiga tayanishga harakat qilayotgani bois sekin-asta ilgarilamoqda. Chunki aprel oyda Tikrit shahrini ozod qilishda jalb etillgan shia jangarilari sunniylarga nisbatan zo‘ravonlik qilgani janjalga sabab bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG