Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:58

Oksus Gold Xalqaro arbitraj sudida O‘zbekistonga yutqizdi


Britaniyaning Oksus Gold shirkati O‘zbekiston hukumati bilan bir necha yildan beri olib borgan sudlashuvda yutqizdi. 2011 yilda Amantaytau Goldfilds qo‘shma korxonasidagi aktivlari Toshkent hukumati tarafidan tortib olinguniga qadar O‘zbekistonda oltin qazib olish bilan shug‘ullangan Oksus Gold 2012 yilda Xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilgan edi.

Oksus Gold boshqaruv kengashi raisi Richard Shid sud shirkat davolarini qondirmaganidan “taassuf” bildirdi.

Oksus Gold shirkati O‘zbekiston hukumatidan 400 million AQSh dollariga teng tovon puli talaba qilayotgan edi.

Oksus Gold O‘zbekistonda 2003 yildan beri Amantaytau konlarida oltin va kumush qazib chiqarish bilan shug‘ullanib kelgan. Amantaytau Goldfilds qo‘shma koxonasi Oksus Gold va O‘zbekiston o‘rtasida 50/50 sheriklik asosida tuzilgan.

O‘zbekiston Oksus Gold shirkatini moliyaviy qonunbuzarliklarda ayblab, Amantaytau Goldfilds qo‘shma korxonasidagi ulushini tortib qo‘ygan.

O‘zbekiston dunyoning yirik oltin ishlab chiqaruvchi davlatlaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatda 40 dan ortiq oltin konlari mavjud va yiliga 80 tonnadan ko‘proq oltin qazib olinishi aytiladi

XS
SM
MD
LG