Линклар

logo-print

“Millat peshvosi to‘g‘risida”gi qonun Imomali Rahmon tarafidan imzolangani haqida 25 dekabr kuni Tojikiston prezidentining matbuot xizmati xabar tarqatdi. Bu "millat peshvosi" haqidagi qonun kuchga kirganini anglatadi.

Qonun bundan bir hafta muqaddam – 18 dekabr kuni Tojikiston parlamentining yuqori palatasi tomonidan ma’qullangan, undan avvalroq, aniqrog‘i, 9 dekabr kuni parlament quyi palatasi tomonidan qabul qilingandi.

Quyi palata spikeri Shukurjon Zuhurov avvalroq mazkur qonun loyihasi mamlakatda kechayotgan demokratik jarayonlar bilan ziddiyatga kirishmasligini aytgan.

O‘z fikrini quvvatlashga urinar ekan, Zuhurov “millat peshvosi” degan maqom boshqa davlatlarda ham mavjudligini ta’kidlagan va misol tariqasida AQSh (Jorj Vashington), Turkiya (Mustafo Kamol Otaturk), Hindiston (Mahatma Gandi) va Qozog‘iston (Nursulton Nazarboyev) larni tilga olgan.

Mamlakat ichida ham, tashqarida ham tashabbusimizga turlicha munosabatda bo‘lishlarini bilamiz va bu tabiiydir. Ishoning, biz o‘z davlatimizni sevamiz, o‘z demokratiyamiz va haq-huquqlarimizni hurmat qilamiz, biroq millat o‘g‘lonlarining yuksak fazilatlarini ham e’tirof etgimiz keladi”, degan Shukurjon Zuhurov prezident Imomali Rahmonni “qahramon” va “tojik xalqi uchun ko‘p ish qilgan odam” deya ta’rif lagan.

Shuningdek, quyi palata spikeri Imomali Rahmonning 90-yillar o‘rtasida fuqarolar urushini to‘xtatishdagi rolini eslab o‘tgan.

Tojikiston parlamenti quyi palatasi Davlat qurilishi va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish qo‘mitasi raisi Abdurahim Xoliqzoda esa millat peshvosi to‘g‘risidagi qonun “xalqni birlashtirish va Imomali Rahmon xizmatlarini e’tirof etish” maqsadida qabul qilinganini aytgan.

16 moddadan iborat mazkur qonun “millat peshvosi” daxlsizligini kafolatlaydi va uning barcha sarf-harajatlarini umrbod davlat byudjeti hisobidan bo‘lishini ta’minlaydi.

Prezidentga hokimiyatdan ketgandan so‘ng katta vakolat berib, uning va oila a’zolarining daxlsizligini kafolatlash haqidagi qonun Markaziy Osiyoda yangi hodisa emas.

Qozoq parlamenti 2000 yilda “Qozog‘iston Respublikasi birinchi prezidenti to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilgan va Nursulton Nazarboyevning nafaqat hokimiyatda bo‘lgan paytda, balki prezidentlikdan ketganidan so‘ng ham mutlaq daxlsizligini kafolatlagan edi. Qonunda bu daxlsizlik uning oila-a’zolariga ham birdek taalluqli ekani ko‘rsatib qo‘yilgan.

2003 yilda Oliy Majlis “O‘zbekiston Respublikasi prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish orqali Islom Karimovning hokimiyatdan ketganidan so‘ng umrbod Senat a’zosi bo‘lishi va uning daxlsizligini kafolatlagan edi.

Bu borada o‘z qo‘shnilarini ham ortda qoldiraëtgan Tojikistonda Imomali Rahmon 2020 yili prezidentlikdan ketgach, bo‘lajak prezident qarorlarini nazorat qilish huquqiga ega superlider bo‘lishga hozirlanmoqda.

XS
SM
MD
LG