Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:24

Rossiyada valyuta almashtirish jarayoni murakkablashtirildi


Rossiya Markaziy banki valyuta almashtirish tartibini murakkablashtirdi. Dushanba, 28 dekabrdan boshlab almashtiriladigan valyuta miqdori 15 ming rubldan oshadigan bo‘lsa, valyuta almashtirayotgan shaxs to‘la identifikatsiya qilinishi lozim bo‘ladi.

Rossiya Markaziy banki ko‘rsatmasida qayd etilishicha, bundan buyon bankda birinchi marta valyuta almashtirmoqchi bo‘lgan shaxslar pasportini ko‘rsatishdan tashqari maxsus anketani to‘ldirishi lozim bo‘ladi. Bank mazkur mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yangilab va to‘ldirib boradi, mijozning mahsus dosyesini tuzadi.

Markaziy bank bunday choralar “Jinoiy yo‘llar bilan topilgan mablag‘ni legalizatsiyalash va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Federal Qonun talablari asosida joriy etganini bildirgan.

Mutaxasislar fikricha, bunday jarayon bank xodimlarining juda ko‘p vaqtini oladi va bank operatsiyalarini murakkablashtiradi. Buning oqibatida banklar valyuta almashtirish operatsiyalarini naqd pulsiz amalga oshirishga harakat qiladi hamda naqd valyuta almashtiruvchi joylar soni keskin qisqaradi.

XS
SM
MD
LG