Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:04

Eron inqilobi paytida garovda saqlangan AQSh diplomatlariga tovon puli to‘lanadi


Eronda 1979 yilda sodir etilgan inqilobdan so‘ng 444 kun davomida Tehronda garovda ushlab turilgan AQSh elchixonasi diplomatlari va xodimlari 36 yildan so‘ng tovon puli undirishga muvaffaq bo‘ldi.

1979 yilda Tehronda 53 odam garovda ushlab turildgan edi. Ularning 37 nafari hozir ham hayot. Prezident Barak Obama imzolagan hujjatga binoan ularning har biriga garovda o‘tkazilgan har bir kuni uchun 10 ming dollardan kompensatsiya to‘lanadi. Bir odamga beriladigan kompensatsiyaning umumiy miqdori 4 million 400 ming dollarni tashkil qiladi.

Tovon puli Fransiyaning BNP Paribas banki Eron, Kuba va Sudanga joriy etilgan sanksiyalarni buzgani uchun to‘laydigan 9 milliard dollarlik jarima hisobidan beriladigan bo‘ldi.

Erondagi inqilob paytida AQSh elchixonasi isyonchilar tomonidan ishg‘ol qilingan edi. Garovda ushlab turilganlar jismoniy va ruhiy qiynoqlarga va noinsoniy munosabatga duchor bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG