Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:06

O‘zbekiston avtomobil sanoati savdo aylanmasi 4 milliard dollarga yetdi


O‘zbekiston avtomobil sanoatining bir yillik savdo aylanmasi joriy yilda 4 milliard dollarni tashkil etdi. Toshkentdagi infocom.uz nashrining bildirishicha, mazkur soha 25 ming o‘zbekistonlikni ish bilan ta’minlamoqda.

“O‘zavtosanoat” hissadorlik jamiyati tarkibidi bugungi kunda 70dan ortiq korxona faoliyat yuritayotir. Ular orasida “GM Uzbekistan”, Samarqand avtomobil zavodi, “JV MAN Auto — Uzbekistan” avtomobil zavodi bor.

Ayni paytda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning Rossiya bozorida kasodga uchrayotgani ham xabar qilingan. Yevropa biznes assotsiatsiyasining avtomobilsozlar qo‘mitasi 2015 yilda “GM Uzbekistan” avtomobillarining Rossiyadagi savdosi o‘tgan yilga nisbatan 49 foizga ozayganini ma’lum qilgan.

O‘tgan 10 oy natijalariga ko‘ra, GM Uzbekistan Rossiyada avtomobil sotish bo‘yicha 19-o‘rinni egallagan. Rossiyada o‘zbek avtomobillari savdosi so‘nggi ikki yildan beri muntazam ravishda tushib bormoqda.

XS
SM
MD
LG