Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:46

Rossiyada o‘zbekistonlik ayol yarim kilo geroin bilan ushlandi


Rossiyaning Kostroma viloyati politsiyasi o‘zbekistonlik 38 yashar ayolni 500 grammdan ziyod narkotik modda bilan qo‘lga oldi.

CA-NEWS saytining politsiya ma’lumotiga tayanib yozishicha, o‘zbekistonlik ayol giyohvandlik moddasini sotish maqsadida saqlagan.

Dastlab ayol ushlangan payti uning yonidan 50 grammga yaqin geroin topilgan. Uning Kostromada ijaraga olgan kvartirasida o‘tkazilgan tintuv payti yana 450 grammdan ziyod geroin topilgan.

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik ushbu ayol narkotik sotish orqali bir oyda 300 ming rubl (taxminan 4300 AQSh dollari) foyda ko‘rib kelganini tan olgan.

Hozirda tergov-surishtiruv ishlari davom etayapti.

XS
SM
MD
LG