Линклар

logo-print

Rossiyada Suriya va Iroqdagi jangovar harakatlarda ishtirok etgan rossiyaliklarga qarshi 900ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Bu haqda Davlat Dumasi Valeriy Rashkin so‘roviga Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan javobda aytilgan.

Ayni paytda uch ming rossiyalik IShIDga aloqadorlik gumoni bilan tekshirilayapti.

Rossiya maxsus xizmati jangarilar safiga aldov yo‘li bilan olib ketilgan 92 ta holatni ham aniqlagan.

Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov ma’lumotiga ko‘ra, Suriya va Iroqdan qaytib kelgan 214 kishidan 80 nafari sud hukmi bilan turli muddatga qamalgan.

Shuningdek, 1600 rossiyalik IShID jangarilariga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatganlikda gumonlanilayapti.

XS
SM
MD
LG