Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:44

O‘zbek va tojik diplomatlari 23 yilda ilk bor siyosiy maslahatlashuv o‘tkazdi


24 va 25 dekabr kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston Tashqi ishlar vazirliklarining siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Bu ikki davlat diplomatik aloqa o‘rnatgan 1992 yildan beri o‘zbek-tojik diplomatlari o‘rtasida ilk marotaba o‘tkazilgan maslahatlashuvdir.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda o‘zaro munosabatlarning bugungi ahvoli va uni rivojlantirish bo‘yicha istiqbollar muhokama qilinib, mintaqaviy va halqaro miqyosda dolzarb bo‘lgan muammolar bo‘yicha fikr almashilgan.

Gazeta.uz sayti ushbu uchrashuvda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy- insonparvarlik va boshqa sohalar bo‘yicha o‘zaro aloqalarni mustahkamlash masalalari ham ko‘rilgani haqida yozdi.

Tomonlar madaniy-insonparvarlik, ilmiy va sport sohalari bo‘yicha aloqalarni kengaytirishga tayyorliklarini bildirishgan.

Ikki davlat delegatsiyasi ShHT doirasidagi munosabatlarning istiqbollari bo‘yicha fikr almashishgan. Tojik tomoni O‘zbekistonning ShHT salohiyati mustahkamlanishi yo‘lida olib borayotgan ishlarini yuksak baholashlarini aytishgan. O‘zbek tomoni esa Tojikistonning ushbu tashkilot doirasida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlayotganiga minnatdorchilik bildirgan.

Dastavval ikki mamlakat diplomatlarining siyosiy maslahatlashuvlari 17-18 dekabr kunlariga belgilangandi. Keyinroq bu tadbir muddati kechiktirildi.

XS
SM
MD
LG