Линклар

Qo‘shma Shtatlar Toshkentning IShIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shilishi borasida o‘zbek rasmiylari bilan muzokara olib bormoqda.

Bu haqda AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Deniel Rozenblyum 23 dekabr kuni O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston jurnalistlari bilan telefon orqali uyushtirilgan matbuot anjumanida bildirdi.

Bundan oldin Prezident Islom Karimov IShID O‘zbekiston chegaralariga yaqinlashib kelayotgani va mintaqada "jangovar ekstremizm hamda diniy radikalizm" tahdidi kuchayib borayotgani haqida gapirgan edi.

O‘zbekiston IShIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shilsinmi, degan savol javobini Ozodlikning Qurultoy dasturida muhokama qildik.

O‘zbekiston IShIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shilsinmi?

Eslatib qo‘yamiz IShIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shilish taklifiAQSh tarafidan barcha mamlakatlarga, shu jumladan, O‘zbekistonga ham berilgan.

“Biz bu haqda O‘zbekistondagi hamkorlarimiz bilan so‘zlashishda davom etamiz”, dedi Deniel Rozenblyum.

AQSh Davlat kotibi yordamchisiga ko‘ra, koalitsiyada har bir mamlakatning roli harbiy dastak yoki Suriya va Iroqqa yo‘l olayotgan jangarilar oqimini hamda IShIDni dastaklash uchun yuborilayotgan moliyaviy ko‘makni to‘xtatib qolishda aks etishi mumkin.

XS
SM
MD
LG