Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 08:20

Uyg‘urlar haqida maqola yozgan fransuz jurnalisti Xitoydan chiqarib yuboriladi


Fransiyada chop etiluvchi L’Obs haftanomasining ma’lum qilishicha, Xitoy rasmiylari uyg‘ur ozchiliklariga nisbatan rasmiy Pekin siyosatini qoralagan muxbiriga Xitoydan chiqib ketishi uchun 31 dekabrgacha muhlat berdi.

Haftanomaning Pekindagi muxbiri Ursula Gautierning G‘arb axborot agentliklariga aytishicha, Xitoy Tashqi ishlar vaziri undan uyg‘urlar haqidagi maqolasini olib tashlashni va kechirim so‘rashni talab qilgan.

Ursula Gautier o‘z maqolasida Xitoyni Parijdagi hujumlardan uyg‘ur xalqini bostirish uchun bahona sifatida foydalanayotganlikda qoralagandi.

Gautierning aytishicha, ayni maqola ortidan Xitoy rasmiy matbuotida unga qarshi turkum maqolalar chop etilgan.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Gautierning vizasi yangilanmaganidan taassufda ekanini aytdi.

"Fransiya jurnalistlar uchun dunyoning har nuqtasida ishlash qanchalar muhim ekanini eslatib qo‘yishni istaydi," deyiladi Fransiya Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda.

XS
SM
MD
LG