Линклар

Kaliningrad viloyat sudi Baltika flotining sobiq zobitini davlat sirlarini fosh etishda aybdor deb topdi.

Bu haqda Interfaks axborot agentligi FSBning mintaqaviy boshqarmasiga tayanib xabar qildi.

Sudga ko‘ra, zahiradagi podpolkovnik Fyodor Boriskin 2013 yilda “g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab o‘z tashabbusi bilan Polsha Respublikasi harbiy razvedkasi xizmati bilan aloqa o‘rnatgan”.

Fyodor Boriskin Baltika floti bo‘linmalaridan birining faoliyati haqidagi, jumladan davlat sirlariga kiruvchi ma’lumotlarni xorijga sotgan.

Boriskin sud jarayonida barcha ayblarga to‘la iqror bo‘lgani xabar qilinadi.

XS
SM
MD
LG