Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:44

O‘zbekistonda yangi yilgacha biometrik pasport ololmaganlar jarimaga tortilmaydi


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Kirish va chiqish hamda fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining boshlig‘i Badriddin Shorixsiyev 2015 yil oxirigacha biometrik pasport olishga ulgurmagan fuqarolar jarimaga tortilmasligini tasdiqladi.

Badriddin Shorixsiyev bu haqda Gazeta.uz veb sahifasi bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida aytdi.

“2015 yilning 31 dekabridan keyin nobiometrik pasportni biometrik pasportga almashtirishda, nobiometrik pasport muddati o‘tib ketmagan taqdirda, jarimaga tortilmaydi,” – deya ta’kidladi Badriddin Shorixsiyev.

Avvalroq Ozodlik O‘zbekistonda nobiometrik pasportlarni biometrik pasportlariga almashtirish muddati 2,5 yilga uzaytirilgani haqida xabar bergandi.

O‘shanda Ichki ishlar vazirligi vakili Ozodlikka pasportlarni almashtirish jarayoni 2018 yilning 1 iyuliga qadar davom etishini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG