Линклар

logo-print

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Toshkent” seysmostansiyasiga tayanib xabar berishicha, shanbaga o‘tar kechasi Toshkentda “kuchsiz, biroq davomli — bir daqiqadan ko‘proq — zilzila sezildi”.

Vazirlikka ko‘ra, qisqa tanaffusli ikkita silkinish yuz bergan.

“Toshkent” seysmostansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishlari kuchi O‘zbekiston poytaxtida 3 ballni, Farg‘onada — 5 ball, Samarqandda — 3,5 ball, Jizzaxda — 3 ball, Surxondaryo viloyatida — qariyb 3 ballni tashkil etgan.

Zilzila markazi Afg‘onistonning Badaxshon viloyati bo‘lgani xabar qilinadi. U yerda zilzila magnitudasi 6,3 ga teng bo‘lgan. O‘zbekistonda talafotlar qayd etilmagani xabar qilinadi

XS
SM
MD
LG