Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:08

Korsikada musulmonlar namozxonasi g‘orat qilindi


Fransiyaning Korsika orolida ikki o‘t o‘chiruvchi va politsiya zobitiga qilingan hujumdan bir kun o‘tib, musulmonlar namozxonasi g‘orat qilindi.

O‘nlab odamlar yaralangan o‘t o‘chiruvchi va politsiyachilarga yordam berish uchun 25 dekabr kuni Korsika poytaxti Ayachchoda to‘plangan.

Yig‘ilish zo‘ravonlik tusini olgan va olomon orasidan ba’zilar musulmonlar namozxonasini g‘orat qilishga tushgan.

Fransuz matbuotiga ko‘ra, ular Qur’on nusxalarini yoqib tashlashga ham uringanlar.

Rasmiylarga ko‘ra, Ayachcho dahalaridan birida yordamga chaqirilgan o‘t o‘chiruvchilar “bir necha nafar kapyushonli yoshlar tomonidan” hujumga uchraganlar.

Fransiya Bosh vaziri Manuel Vals Twitter orqali odamlarning namozxonaga bostirib kirishini “qabul qilib bo‘lmas amal”, deya baholadi.

13 noyabrda Parijda sodir etilgan qator hujumlar ortidan Fransiya bo‘ylab favqulodda holat e’lon qilingan va xavfsizlik choralari misli ko‘rilmagan darajada kuchaytirilgan.

XS
SM
MD
LG