Линклар

logo-print

Terrorga qarshi kurashish bo‘yicha Bosniya prokurorining aytishicha, o‘tgan hafta islomiy ekstremistlikda gumonlangan 11 shaxsning hibsga olinishi Sarayevoda 100ga yaqin inson hayotini saqlab qoldi.

Bosniya davlat televideniesi 26 dekabrda prokuror Dubravko Kamparaga iqstibosan bir guruh “yangi yil bayrami paytida terrorchilik amalini sodir etishni” rejalashtirganini ma’lum qildi.

“Agar terrorchilik hujumi sodir etilganida, 100ga yaqin halok bo‘lardi," deya Kamparadan iqtibos keltiradi Bosniya davlat televideniesi.

Terror hujumlarini rejalashtirishda gumonlangan shaxslar Bosniya poytaxtining bir nechta nuqtasida o‘tkazilgan reydlar chog‘ida qo‘lga olingan.

O‘tgan yili Bosniya islomiy ekstremistlar va ularni yollagan shaxslarni 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm etishni nazarda tutgan qonunni qabul qilgandi.

XS
SM
MD
LG