Линклар

Suriyadagi eng qudratli isyonchi guruhlardan biri Jaysh al-Islom lideri, Zahrun Allush, Damashq sharqida amalga oshirilgan havo hujumi natijasida halok bo‘ldi, deya xabar beradi Suriya armiyasi va muxolifat faollari.

Zahrun Allush va Jaysh al-Islomning yana bir necha qo‘mondoni 25 dekabrda Suriya poytaxti yaqinida havo hujumi paytida o‘ldirildi.

Saudiya dastaklagan ushbu islomchi guruh Bashar Asad rejimiga qarshi kurashayotgan eng qudratli guruhlardan biridir.

Jaysh al-Islom Damashq atrofi va Sharqiy G‘uta mintaqasini nazorat qiladi.

Suriya Inson Huquqlari Observatoriyasi 25 dekabrda chiqargan xabardan ma’lum bo‘lishicha, Jaysh al-Islom guruhi rahbarlari Suriya hukumati kuchlari va Livandagi Hizbulloh shia harakatiga hujum rejasini tuzayotgan paytda ularning ustiga bomba kelib tushgan.

XS
SM
MD
LG