Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:09

Britaniyalik sayyoh Tinch okeanini qayiqda suzib o‘tgan ilk insonga aylandi


27 dekabrda Avstraliya qirg‘oqlariga yetib borgan britaniyalik Jon Biden Tinch okeanini qayiqda suzib o‘tgan yer yuzidagi ilk insonga aylandi.Jon Biden jahon rekordini 209 kun deganda o‘rnatdi.

Jon Biden yetti oy davomida yerga umuman oyoq bosmadi.

53 yoshli Jon uzoq yillar davomida yengil atletika bilan shug‘ullandi.

U Amerikaning San-Fransiskodan 1-iyunda supurgi shaklidagi 6 metrlik qayig‘ida yo‘lga chiqdi.

Oldindan o‘zi tayyorlagan rejaga muvofiq, Jon har kuni 15 soat davomida eshkak yechardi.

U etti oy ichida, hammasi bo‘lib, 7400 dengiz milini suzib o‘tdi va Avstraliyaning shimoliy qirg‘oqlariga ertalab soat 10da yetib bordi.

Keyrnz bandargohida Jon peshvoziga chiqqanlar orasida uning kanadalik xotini Cheril va ikki o‘spirin qizi bor edi.

Yerga ilk qadamini bosgan Jon maqsadiga erishganiga ishonmasdi.

“Haqiqatan ham, bunday natijaga erishgan ilk insonga aylanganimga ishonib bo‘lmaydi. Men buni tasavvur ham qila olmasdim. Men Atlantika okeanini kesib o‘tishdek qiyin ish bo‘lsa kerak, deb o‘ylardim,” deydi Jon Biden.

Jon Biden yetti oylik sayohati davomida bir necha bor o‘lim bilan ro‘baro‘ bo‘lganini e’tirof etdi.

XS
SM
MD
LG