Линклар

logo-print

“Islomiy davlat” guruhi rahbari Abubakr Bag‘dodiyning ovozi ekani ishonilgan audio murojaatda "xalifalik", xalqaro kampaniyaga qaramasdan, ravnaq topayotgani iddao qilindi.

26 dekabrda chiqarilgan 24 daqiqalik audioda Abubakr Bag‘dodiy ekani ishonilgan shaxs AQSh yetakchiligidagi ittifoq va Rossiyaning havo zarbalari “Islomiy davlat” qat’iyatini yanada oshirganini aytdi.

Audio tasmadagi shaxs yaqinda barpo etilgan Saudiya yetakchiligida terrorizmga qarshi islomiy harbiy itifoqni ham tanqid qildi.

U shuningdek Qo‘shma Shtatlarni “Islomiy davlat”ga qarshi urushga qo‘shin yubormayotgani uchun masxara qildi.

Abubakr Bag‘dodiyga mansubligi ishonilgan ushbu audio murojaat Suriya va Iroqda yirik hududlarni ishg‘ol qilib olgan radikal jangarilar mag‘lubiyatlarga uchrayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Oxirgi marta Abubakr Bag‘dodiy may oyida chiqish qilgandi.

Uning yaralangani yoki o‘lgani haqidagi xabarlar bir necha bor tarqalgan, ammo hozirga qadar o‘z isbotini topmagan.

XS
SM
MD
LG