Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:00

Xitoyda terrorizmga qarshi ziddiyatli qonun qabul qilindi


Xitoy parlamenti texnologiya shirkatlaridan muhim ma’lumotlarni hukumatga berishni talab qiladigan va mamlakat armiyasiga xorijiy mamlakatlarda terrorga qarshi amaliyotlar o‘tkazishga izn beradigan terrorizmga qarshi yangi qonunni qabul qildi.

27 dekabrda tasdiqlangan yangi qonun shuningdek matbuotning terror hujumlari tafsilotini yoritish huquqini cheklaydi.

1 yanvardan kuchga kiradigan qonun g‘arb davlatlari tomonidan tanqid qilinmoqda.

G‘arb rasmiylariga ko‘ra, yangi qonun inson huquqlari va so‘z erkinligini cheklaydi hamda hukumat tanqidchilari ovozini bo‘g‘ishni osonlashtiradi.

Ammo Xitoy rasmiylariga ko‘ra, jangarilar va ayirmachilar xavfi kuchayib borayotgan bir paytda bunday qonunning qabul qilinishi ayni muddaodir.

XS
SM
MD
LG