Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:38

Moskva IDga qarshi kurashishda Toshkent bilan aloqalarini kuchaytirmoqda


Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenevning aytishicha, Rossiya "Islomiy davlat" guruhiga qarshi kurashish maqsadida O‘zbekiston bilan aloqalarni kuchaytirmoqda.

Bu haqda kun.uz veb sahifasi ma’lum qildi.

2015 yildagi O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari yakunlariga bag‘ishlangan davra suhbatida Rossiya elchisi mamlakati "Islomiy davlat"ga qarshi kurashishda "BMT nizomi qoidalari negizida hech qanday siyosiylashuv va shartlarsiz keng koalitsiya shakllantirishni yoqlab chiqayotganini aytgan.

“Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika hududidan solinayotgan terrorchilik xavfini bartaraf qilish bugungi kunda o‘ta muhim vazifa hisoblanadi. Bizning davlat uchun Rossiyaga qarshi qaratilgan terrorchilik salohiyatiga qarshi uzoq sarhadlarda kurashish muhim vazifa hisoblanadi, o‘zishga ishlash kerak”, Vladimir Tyurdenevdan iqtibos keltiradi kun.uz.

Unga ko‘ra, Vladimir Tyurdenev Rossiya va O‘zbekistonning dolzarb xalqaro masalalar bo‘yicha fikrlari mos tushishi yoki bir-biriga juda yaqin ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

XS
SM
MD
LG