Линклар

Chexiya prezidenti Milosh Zeman bu yil Yevropaga kelgan muhojirlar to‘lqinini "rejali istilo", deb atadi.

Uning ishonishicha, suriyalik va iroqlik yoshlar Yevropaga kelish o‘rniga "Islomiy davlat" guruhiga qarshi jang qilishlari kerak.

Zemanning bu fikri 26 dekabrda chex xalqini Kristmas bayrami bilan televidenie orqali tabriklayotgan paytda yangradi.

Uning "komil ishonchi"ga ko‘ra, 2015 yilda 1 million qochqin,oldindan ishlab chiqilgan rejaga ko‘ra, Yevropaga kelgan va buni"muhojirlarning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan harakati," deb bo‘lmaydi.

"Hayronman, nega bu odamlar qo‘llariga qurol olib o‘z mamlakatlari ozodligi uchun "Islomiy davlat"ga qarshi urushmaydi?" deya savol bergan Milosh Zeman.

XS
SM
MD
LG