Линклар

logo-print

Afg‘onistondagi Tolibon harakati "Islomiy davlat" guruhiga qarshi kurashish masalasida Rossiya bilan muzokaralar olib bormayotganini bildirdi.

Harakat veb sahifasiga qo‘yilgan bayonotda toliblarda "Islomiy davlat"ga qarshi kurashishda kimdandir yordam olishga ehtiyoji yo‘qligi va ular bu masalada hech kim bilan muzokara olib bormayotgani ta’kidlangan.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondagi "Islomiy davlat" guruhiga qarshi kurashda Tolibon manfaatlari Rossiya manfaatlari bilan uyg‘un kelayotganini ma’lum qilgandi.

Bu haqda Rossiyaning Afg‘onistondagi maxsus vakili Zamir Kabulov Interfaks agentligi bilan suhbatda aytgandi.

U axborot almashish yuzasidan Tolibon bilan aloqa o‘rnatilganini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG