Линклар

Iroq rasmiylari hukumat kuchlari Ramadi shahridagi hukumat binolari kompleksi ustidan nazoratni qo‘lga kiritganini ma’lum qildi.

Iroq hukumat kuchlari rasmiysi Saboh al No‘moniyning bildirishicha, “Hukumat binolari kompleksining qo‘lga kiritilishi "Islomiy davlat" guruhining Ramadidagi mag‘lubiyatini anglatadi”.

Xabarda aytilishicha, Ramadi markazi to‘la hukumat kuchlari tomonidan nazorat qilinmoqda va bu erda janggarilar yo‘q qilingan.

Iroq qurolli kuchlari 22 dekabr kuni Ramadi marakazidagi IShID nazoratida qolayotgan so‘nggi hududiga hujum boshlagandi. Bag‘doddan 100 kilometr g‘arbroqda joylashgan asosan sunniylar istiqomat qiladigan Ramadi shu yilning may oyida “Islomiy davlat” tomonidan ishg‘ol etilgan edi.

Ramadi Iroqda Tikritdan so‘ng “Islomiy davlat”dan tortib olingan ikkinchi yirik shahar bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG