Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:32

“Ravon Matiz” Rossiyaning eng arzon mashinasi ataldi


Rossiyada 2015 yildagi eng arzon mashinalar o‘nligining birinchi pog‘onasini O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Ravon Matiz” egalladi. “Rossiyskaya gazeta” nashrining bildirishicha, “Ravon Matiz” 314 ming rubldan sotilgan.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan “Matiz” avtomashinalari shu yilning kuzidan boshlab Rossiyada “Ravon” brendi ostida sotila boshlangan edi.

O‘zbekistonning o‘zida esa avtomashinalar narxi 15 dekabrdan 37 foizga oshirilgan. Narxlar oshirilganidan so‘ng “Matiz” O‘zbekistonda milliy valyuta hisobida 32 million so‘mdan 33.5 million so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda.

“Rossiyskaya gazeta”ning yozishicha, 2016 yilning ikkinchi yarmidan boshlab “Ravon Matiz” narxi Rossiyada ham ko‘tarilishi mumkin.

XS
SM
MD
LG