Линклар

AQShning Texas va boshqa shtatlaridagi tornado oqibatida halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi.

Mamlakatning janubiy qismida 26 dekabrda yuz bergan tornado va dovullardan so‘ng Dallas atrofida o‘nlab uylar vayron bo‘lgan.

Avvalroq Missisipi, Tennessi, Arkanzas va Alabama shtatida 18 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Tornado paytida 60dan ortiq odam qattiq jarohatlangan.

Ey-bi-si telekompaniyasi mazkur besh shtatda mingdan ortiq uy jiddiy zarar ko‘rganini bildirdi. Alabama shtatida esa suv toshqini oqibatida ikki yuzdan ortiq yo‘l yopib qo‘yilgan.

XS
SM
MD
LG