Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:46

Rossiya tinch aholini bombardimon qilganini rad etdi


Rossiya Suriyada tinch aholini bombardimon qilayotgani to‘g‘risdagi xabarlarni rad etdi.

Yakshanba kuni Rossiya harbiy koinot qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Viktor Bondarev rus harbiylari Suriyadagi amaliyotlar chog‘ida biron marta ham yanglishmagani, zarba berish taqiqlangan ob’ektlar, ya’ni maktab, kasalxona va masjidlarga bomba tashlamagani to‘g‘risida bayonot berdi.

Avvalroq Amnesty International xalqaro tashkiloti sentyabr-noyabr oylarida Rossiya harbiylarining Suriyadagi amaliyoti oqibatida tinch aholi vakillaridan kamida 200 kishi halok bo‘lgani, o‘ldirilgan jangarilar soni esa bir necha o‘n kishini tashkil qilishini bildirgan edi. Human Rights Watch xalqaro tashkiloti ham Rossiyani maktab, kasalxona va masjidlarni bombardimon qilayotganlikda ayblagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi xalqaro tashkilotlarning bu kabi hisobotlarini “yolg‘on ma’lumot” sifatida baholamoqda. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Suriyadagi amaliyot xalqaro huquq me’yorlariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazilayotgani haqida bayonot berdi.

Rossiya sentyabr oyidan Suriyada janggarilarga qarshi havo zarbalarini bera boshlagan edi.

XS
SM
MD
LG